"Manchester Siti" yangi himoyachi bilan kelishuvga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44

"Manchester Siti" "Nyukasl"ning o'ng qanot himoyachisi Tino Livramento uchun kelishuvga erishishga yaqin.
"Manchester Siti" Kayl Uoker ketganidan beri o'ng qanot himoyasida qiynalib kelmoqda, hozirda yarim himoyachi Mateush Nunesh asosan shu pozitsiyada o'ynamoqda.
Football Insider nashrining xabar berishicha, "Manchester Siti" Livramentoni bu pozitsiyani mustahkamlash uchun birinchi raqamli maqsad sifatida belgilab oldi va uning transferi bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.
"Manchester Siti" 23 yoshli ingliz futbolchisi uchun taxminan 70 million funt sterling to'lashi kutilmoqda, bu esa himoyachi uchun rekord narx bo'ladi.
Livramento bu mavsumda Premer-ligada 11 ta asosiy tarkibda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
287