«Liverpul» «Anderlext» hujumchisini kuzatmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374

Het Nieuwsbladning xabar qilishicha, "Liverpul" skautlari "Anderlext" hujumchisi Jeremi Dokuni faol ravishda kuzatmoqdalar.
Manbaga ko'ra, Mersisaydliklar agar 17 yoshli futbolchi mavsum oxirigacha barqaror o'ynashni davom ettirsa, yozgi transfer oynasiga 20 mln evro taklif qilishga tayyor.
Ma'lumot o'rnida, Doku Belgiya chempionatining joriy mavsumida 21 ta uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol va 4 ta gollik uzatmani amalga oshirgan.
Manba: Het NieuwsbladFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261