«Real» skautlari Angliya kubogi bahsiga tashrif buyurishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1660

Madridning «Real» klubi «Nyukasl Yunayted» yarim himoyachisi Sandro Tonaliga qiziqish bildirmoqda.
The Sun nashrining ma'lumotiga ko'ra, Ispaniya klubi skautlari italiyalik futbolchining o'yinini kuzatish uchun Angliya kubogi doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi bahsga tashrif buyurishgan.
Qayd etilishicha, Tonalining o'zi hozircha «Sent-Jeyms Park»ni tark etish istagini bildirmagan, biroq bir nechta Evropa klublari ehtimoliy yozgi transferni ko'zlagan holda uning vaziyatini kuzatib borishmoqda.
24 yoshli xavbekning «Nyukasl» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan, shu sababli har qanday qiziqish bildirgan klub uchun bu o'tish arzonga tushishi dargumon.
«Real»dan tashqari, o'yinchiga «Arsenal» va «Manchester Siti» klublari ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, yozgi transfer oynasi ochilgandan so'ng real takliflar bo'lish-bo'lmasligi hozircha noma'lum.

Bosh sahifaga
221