«Atletiko» EChL o'yinidan avval yo'qotishga uchradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312

«Atletiko» yarim himoyachisi Rodrigo Mendosa La Liga doirasidagi «Real Sosedad»ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Yanvar oyida «Elche»dan o'tganidan beri madridliklarning ushbu turnirdagi asosiy tarkibida muntazam maydonga tushib kelayotgan Mendosa maydonda Ander Barrenechea bilan to'qnashib ketdi va shundan so'ng o'yinni davom ettira olmadi.
«Atletiko» klubi Mendosaning o'ng to'pig'i boylamlari o'rtacha darajada cho'zilganini tasdiqladi. Marca nashrining yozishicha, bu jarohat sababli futbolchi bir yarim oyni o'tkazib yuborishi mumkin.
Bu shuni anglatadiki, Mendosa katta ehtimol bilan Chempionlar ligasi doirasidagi «Tottenxem»ga qarshi har ikkala uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217