A Seriyada chempionlik uchun kurashda intriga qaytmoqda: «Milan» «Inter» bilan farqni qisqartirdi (Turnir jadvali)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3954

«Milan» derbidagi g'alabasi evaziga «Inter» bilan oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi.
Massimiliano Allegri shogirdlari 28-turda «neradzurrilar»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu uchrashuvga qadar «Milan» hisobida 57 ochko, «Inter»da esa 67 ochko mavjud edi. Endilikda jamoalar o'rtasidagi farq 7 ochkogacha kamaydi.
«Napoli» 56 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. «Komo» va «Roma» jamoalari 51 ochkodan jamg'arishgan bo'lsa, «Yuventus» hisobida 50 ochko mavjud.
Chempionat yakuniga qadar yana 10 ta tur qoldi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234