Diego Simeonening «Atletiko»dagi kelajagi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48

Madridning «Atletiko» klubi rahbari Enrike Sereso bosh murabbiy Diego Simeonening kelajagi borasidagi savolga javob berdi.
Argentinalik mutaxassisning tez orada jamoadan ketishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, biroq, aftidan, hech qanday yangilik kutilmayapti — u «matraschilar» bilan ishlashda davom etadi.
«Diego Simeone kelasi mavsumda ham albatta «Atletiko»da qoladi», — deya ta'kidladi Sereso.
Yaqinda 55 yoshli murabbiyning «Inter» bilan oldindan kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo Milan klubi bu ma'lumotni darhol rad etdi. Simeone «Atletiko»dagi lavozimini 2011 yilning oxiridan beri egallab kelmoqda, uning amaldagi shartnomasi esa keyingi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233