«Manchester Yunayted» Reshfordning o'rniga frantsuz yulduzini tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46

«Pari Sen-Jermen» vingeri Bredli Barkola yana «Manchester Yunayted»ning e'tiboriga tushdi. Ingliz grandi o'tgan yili ham frantsuz futbolchisiga da'vogarlar qatorida tilga olingan edi, biroq o'shanda ish aniq qadamlargacha etib bormagandi. Jurnalist Ekrem Konurning ma'lumotiga ko'ra, «qizil iblislar» Barkolani yana o'zlarining qisqa ro'yxatiga (short-list) kiritishgan.
«MYu» rahbariyati 23 yoshli futbolchini «Barselona»ga doimiy asosda o'tishi mumkin bo'lgan Markus Reshfordga eng munosib o'rinbosarlardan biri deb hisoblamoqda.
Bredli Barkolyaning Transfermarkt portalidagi taxminiy bahosi 70 million evroni tashkil etadi. Futbolchining «PSJ» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
233