Portugaliya chempionati. «Benfika» - «Portu» uchrashuvida jangovar durang qayd etildi, Mourino qizil kartochka oldi (Videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 225

Portugaliya chempionatining 25-turi doirasida bo'lib o'tgan markaziy uchrashuvda «Benfika» va «Portu» 2:2 hisobida durang o'ynashdi. Bahs Lissabondagi «Eshtadiu da Luj» stadionida bo'lib o'tdi.
Birinchi bo'limda mehmonlar safida Viktor Froxoldt va Oskar Pietushevski gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Ikkinchi bo'limda esa mezbonlardan Andreas Shelderup farqni qisqartirgan bo'lsa, 89-daqiqada Leandru Barreyru hisobni tenglashtirdi.
O'yinning 90+1-daqiqasida «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino va zaxiraga olingan himoyachi Nikolas Otamendi qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.
Ayni damda «Benfika» 59 ochko bilan chempionat jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. «Portu» esa 66 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
232