Liga1. «Lans» o'z maydonida «Metts»ni yirik hisobda mag'lub etib, «PSJ»ga yaqinlashib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38

Frantsiya chempionatining 25-turi doirasida «Lans» o'z maydonida «Metts» jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv «Bollar-Delelis» stadionida bo'lib o'tdi.
O'yindagi gollarga Saud Abdulhamid, Florian Toven va Amadu Aydara mualliflik qilishdi.
Ushbu g'alabadan so'ng «Lans» ochkolari sonini 56 taga etkazdi va Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam «PSJ»dan bor-yo'g'i bir ochkoga ortda qolmoqda.
«Metts» esa 13 ochko bilan so'nggi o'rinda qolmoqda.
Frantsiya Liga 1. 25-tur
08.03.2026 | 19:00
«Bollar-Delelis», Lans
«LANS» — «METTs» — 3:0
Gollar: Abdulhamid 44 (1:0), Toven 46 (2:0), Aydara 52 (3:0).
«Lans»: Risser, Ganyu, M. Sarr, Chelik (Aydara, 46), Sangare (Bulatovich, 73), Tomasson, Yudol, Abdulhamid, Toven (Sotoka, 63), Sima (Bermon, 83), Eduar (Fofana, 63).
«Metts»: Fisher, Kolen, Gbamen, Sane, Ballo-Ture (Mbula, 73), B. Sarr (Tsitaishvili, 72), Munongo (En, 54), Ture, Traore (Deminge, 46), Kvilitaya (Mbala, 54), Diallo.
Ogohlantirishlar: Gbamen (14), Ture (48), Mbula (90).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
218