"Reksxem" ustozi: "Yigitlar bor kuchini sarflashdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 723

"Reksxem" Angliya Kubogi 1/8 finalida "Chelsi"ga qarshi bahsda mag'lub bo'ldi. "Reksxem" bosh murabbiyi Fil Parkinson o'yindan so'ng shunday dedi:
"Bugungi o'yinimizdan juda mamnunman. Biz juda ko'p yaxshi vaziyatlar namoyish etdik va ajoyib futbol o'ynadik.
Biz shunchaki "Chelsi"ni to'xtatish uchun maydonga tushmadik - biz kuchliroq o'ynay olishimizga ishonamiz. Yigitlar bor kuchini sarflashdi va qo'shimcha vaqtda 10 kishi bilan o'ynash qiyin.
Lekin 11 kishiga qarshi 10 kishi bo'lsa ham, bizda imkoniyatlar bor edi. Yigitlar maqtovga loyiq", dedi Parkinson.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214