Simeone: "Bu juda muhim g'alaba"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

"Atletiko Madrid" shanba kuni La Liga o'yinida "Real Sosedad"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Madrid jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone o'yindan so'ng shunday fikr bildirdi.
"Menga nima yoqdi? Jamoaviy o'yin. Yigitlar qiyin o'yinda juda yaxshi javob qaytarishdi. Raqib ikkita ajoyib gol urdi, ammo jamoa pressing qilishda va imkoniyatlar yaratishda davom etdi, almashtirishlar esa bizga ko'proq kuch bag'ishladi.
Bu juda muhim g'alaba", - deya Simeonening so'zlarini keltiradi The Touchline.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212