«Ronaldu effekti» «Almeriya» obunachilar soni bo'yicha Ispaniyada TOP-5 ga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 558

Krishtianu Ronaldu «Almeriya» klubiga sarmoya kiritdi. Yaqinda portugaliyalik yulduz Segunda vakilining 25% aktsiyasini sotib olgani ma'lum bo'ldi.
«Ronaldu effekti» o'z ta'sirini tez ko'rsatdi — ijtimoiy tarmoqlardan birida obunachilar soni bo'yicha «Almeriya» endi kuchli beshlikka kirmoqda. Undan ko'proq obunachiga faqat «Sevilya», «Atletiko», «Real» va «Barselona» ega, xolos.
Ayni damda Ispaniyaning ikkinchi divizioni turnir jadvalida «Almeriya» uchinchi o'rinni egallab turibdi. Shu yilning bahorida jamoa Ispaniya futbolining elitasiga (La Liga) qaytishga harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu hozirda «An-Nasr» sharafini himoya qilmoqda. Portugaliyalikning shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan

Bosh sahifaga
214