Entso Fernandes orzusi nima ekanligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 439

«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi bo'lajak o'yin borasidagi kutilmalari bilan o'rtoqlashdi. U ushbu turnirda zafar quchishni xohlayotganini ta'kidladi.
«Mening orzum — Chempionlar ligasida g'olib chiqish. Biz buning klub uchun qanchalik muhim ekanligini bilamiz. Qanday jamoaga qarshi maydonga tushishimizdan xabardormiz, biroq o'z kuchimizga ishonamiz», — dedi Fernandes.
«PSJ» va «Chelsi» o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 11 mart kuni bo'lib o'tadi. Bahs Parijdagi «Park de Prens» stadionida o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196