«Arsenal» «PSJ» vingeriga ko'z tikdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 424

«PSJ» yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, gruziyalik futbolchining transferiga «Arsenal» qiziqish bildirmoqda. London klubi ushbu yozda vingerni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi.
Kvaratsxeliyaning «PSJ» bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda u 34 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169