Lautaro Martines A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi nomini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines ayni damda A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi kim degan savolga javob berdi. U «Yuventus»ning braziliyalik futbolchisi Bremerni alohida e'tirof etdi.
«A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi? Bremer», — dedi Lautaro DAZN nashriga bergan intervyusida.
Bremer 2022 yilda «Torino»dan «Yuventus»ga 51 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda braziliyalik himoyachi Turin klubi safida 21 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182