France Football «Super Oltin to'p»ni qaytarish ustida bosh qotirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

France Football jurnali «Super Oltin to'p» sovrinini topshirish g'oyasini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Touchline nashri xabar berdi.
Ushbu mukofot so'nggi 30 yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladi. Sovrin 2029 yilda — birinchi marta topshirilganidan roppa-rosa 40 yil o'tib o'z egasiga topshirilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 1989 yilda «Super Oltin to'p»ni «Real»ning sobiq futbolchisi Alfredo Di Stefano qo'lga kiritgan edi. O'shanda u ovoz berish jarayonida Yoxan Kroyf va Mishel Platinini ortda qoldirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237