«Real» jiddiy moliyaviy cheklovlarga duch keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

«Real» jiddiy moliyaviy cheklovlarga duch kelmoqda. The Touchline nashrining Vozpopuli’ga tayanib xabar berishicha, yanvar oyidagi transfer oynasi boshida madridliklar ixtiyorida bor-yo'g'i 3,4 million evro bo'sh mablag' bo'lgan.
Qayd etilishicha, o'tgan yilning o'rtalarida «Real»da 175,8 million evro bo'sh mablag' mavjud edi, biroq shundan so'ng klub futbolchilar transferi va «Santyago Bernabeu» stadioni uchun katta xarajatlarni amalga oshirgan.
Juma kuni «Real» safarda «Selta» ustidan 2:1 hisobida g'alabani ilib ketdi. Endilikda Alvaro Arbeloa jamoani Chempionlar ligasi doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Bahs chorshanba kuni, 11 martda bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170