«Manchester Siti» bilan o'yin oldidan «Real» himoyasida yangi muammo paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

«Real»ning ayrim futbolchilari sog'lig'i borasida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi. El Mundo nashri xabariga ko'ra, madridliklar himoyachisi Alvaro Karreras lat eganligi sababli Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi ilk o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Qayd etilishicha, tish og'rig'i tufayli so'nggi bir nechta o'yinni o'tkazib yuborgan yarim himoyachi Eduardo Kamavinga shanba kungi mashg'ulotlarni to'liq o'tkazgan.
Kilian Mbappe yakshanba kuni klub ixtiyoriga qaytadi, biroq hozircha umumiy guruhda mashg'ulotlarda qatnashmaydi.
«Real» chorshanba kuni, 11 martda «Manchester Siti»ni qabul qiladi. Uchrashuvning boshlanish hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da (payshanbaga o'tar kechasi) chalinadi.

Bosh sahifaga
186