Yamal La Liganing rekordini yangilashga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

Lamin Yamalning goli "Barselona"ga "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yinda kichik hisobda g'alaba keltirdi.
18 yoshli futbolchi 68-daqiqada gol urdi. Yosh yulduzning La Liganing joriy mavsumida 14 ta goli bor. Opta ma'lumotlariga ko'ra, XXI asrda "Barselona" safida La Liganing bitta mavsumida faqat ikki ispaniyalik - David Vilya (2010/11 mavsumida 18 ta) va Pedro (2013/14 mavsumida 15 ta) ko'proq gol urishgan. Yamal bu rekordni yangilashi uchun yana 11 ta o'yinga ega.
Lamin Yamal shuningdek, bu mavsumda La Ligada to'qqizta golli uzatmaga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244