Rafinya «Atletik» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng: «Ba'zan chidashga to'g'ri keladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

«Barselona» futbolchisi Rafinya Dias La Liga doirasida «Atletik» Bilbaoga qarshi o'yindan (1:0) so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 62-daqiqada Lamin Yamal tomonidan kiritildi. «Ko'k-anorranglilar» hamon turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va Madridning «Real» klubini to'rt ochkoga ortda qoldirmoqda.
«Eng muhimi — biz uch ochkoni qo'lga kiritdik. Ba'zan chidamli bo'lish, sabr qilishni bilish kerak. Menimcha, bugun biz buni uddalay oldik. Ba'zi o'yinlarda qiynalishga to'g'ri keladi — bu tabiiy hol. Bunday maydonda o'ynash oson bo'lmadi, lekin tarkibimizda istalgan lahzada o'yin taqdirini hal qila oladigan futbolchilar ko'p», — deya Rafinyaning so'zlarini keltirmoqda Barca Universal.
Seshanba kuni «Barselona» Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk bahsida «Nyukasl»ga qarshi maydonga tushadi.

Bosh sahifaga
243