«Atletiko» himoyachisi: «Biz xuddi tsirkdagi masxarabozlardekmiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 290

Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Xose Ximenes jamoasining o'yinlar taqvimi juda tig'izligidan noroziligini bildirdi.
«Bu juda qiyin. Bizga dam olish kerak. Futbolchilar o'zlarini xavf ostiga qo'yishmoqda, biz hozir xuddi tsirkdagi masxarabozlardekmiz. Bizga qachon aytishsa, o'shanda o'ynashga majburmiz», — deya himoyachining so'zlarini keltiradi Marca gazetasi.
Shanba kuni, 7 martda Diego Simeone shogirdlari o'z maydonlarida «Real Sosedad» ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Madrid jamoasi navbatdagi uchrashuvini UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida Londonning «Tottenxem» klubiga qarshi o'tkazadi. Bahs seshanba kuni, 10 martda bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280