«Yuventus» himoyachisi APL grandlari e'tiboriga tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

«Yuventus» markaziy himoyachisi Per Kalyulyu Angliya Premer-ligasining ikki grandi nazariga tushdi.
25 yoshli futbolchini «Liverpul» va «Manchester Yunayted» kuzatib bormoqda, deb xabar beradi jurnalist Ekrem Konur. Har ikki klub frantsiyalik futbolchining qobiliyatini yuqori baholamoqda va kelayotgan yozda uni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
«Yuventus» Per Kalyulyuni joriy mavsum boshlanishidan oldin «Milan»dan 14 million evro evaziga sotib olgan edi. Futbolchining «keksa sinora» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Mashhur Transfermarkt portali mutaxassislari markaziy himoyachining qiymatini 28 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281