«Tottenxem»ning Van de Ven bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

Himoyachi Mikki van de Ven «Tottenxem»dagi holatidan norozi va yozgi transfer oynasida klubdan ketish variantlarini ko'rib chiqishga tayyor. «Shporlar» niderlandiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan umid qilishgan edi, biroq muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Bu haqda Football Insider nashriga tayanib Transfer News Live xabar bermoqda.
Aytish joizki, matbuot anchadan beri 24 yoshli van de Venni yirik klublar, jumladan, «Real», «Barselona» va «Liverpul» bilan bog'lab kelmoqda.
Nufuzli Transfermarkt portali Mikki van de Venni 65 million evroga baholamoqda. Futbolchining «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264