«Inter», «Yuventus» va «Roma» «Tottenxem» darvozaboni uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 351

Londonning «Tottenxem» klubi darvozaboni Gulelmo Vikario Italiyaga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Roma», «Inter» va «Yuventus» klublari 29 yoshli golkiperning harakatlarini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Ta'kidlanishicha, turinliklar ilk aloqalarni boshlab yuborishgan va transfer uchun 20-25 million evro to'lashga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Biroq hozirgi vaqtda ushbu poygada «Inter» peshqadamlik qilmoqda. «Roma»ga kelsak, klub vaziyat rivojini kuzatishda davom etmoqda.
Joriy mavsumda Vikario barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 57 ta to'p olib chiqdi va 13 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Italiyalik posbonning «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
280