19 yoshli ingliz himoyachisi uchun APL va Frantsiya klublari o'rtasida kurash boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

Angliyaning «Fulxem» klubi markaziy himoyachisi Samuel Amissa o'z o'yini bilan Frantsiyaning «Marsel» klubi e'tiborini tortdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
«Marsel» futbolchi uchun kurashda Angliya Premer-ligasining bir qator klublari bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi. 19 yoshli ingliz futbolchisining «dala hovli egalari» bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yilning iyun oyida nihoyasiga etadi.
Amissa «Fulxem» yoshlar jamoasining asosiy o'yinchisi hisoblanadi va joriy mavsumda u erda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 4 marta ogohlantirish (sariq kartochka) olgan. Angliyaning turli yoshdagi o'smirlar terma jamoalarida o'ynash tajribasiga ega bo'lishiga qaramay, Amissa hali «Fulxem»ning asosiy tarkibida rasmiy musobaqalarda debyut qilgani yo'q.

Bosh sahifaga
272