Gvardiola Marmushning dubliga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Nyukasl»ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan jamoa hujumchisi Omar Marmush haqidagi savolga javob berdi.
«Marmushning ikkinchi golidan keyin qayta-qayta nima dedim? Uzr, uzr va yana bir bor uzr. U shunchaki ajoyib o'ynagani uchun uzr so'radim», — dedi Gvardiola jurnalistlarga.
7 mart kuni «Manchester Siti» Angliya Kubogi 1/8 finali doirasida safarda «Nyukasl»ni mag'lub etdi. Uchrashuv 3:1 hisobida «shaharliklar» foydasiga hal bo'ldi. Mehmonlar tarkibida gollarni Savio va Omar Marmush (dubl) kiritishdi.
Ushbu mavsumda Marmush barcha turnirlarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265