«Bornmut» yulduzi uchun APLning uchta klubi kurash olib boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 357

«Bornmut» yarim himoyachisi Markus Taverne faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Manchester Yunayted» futbolchini o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor. «Qizil iblislar» joriy mavsum yakunlanganidan so'ng o'yinchining transferini amalga oshirishni ko'zlamoqda.
Mankunianliklarning Taverne uchun kurashdagi raqobatchilari sifatida «Nottingem Forest» va Birmingemning «Aston Villa» klublari tilga olinmoqda.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 26 yoshli yarim himoyachi 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Markus o'z hisobiga 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Bosh sahifaga
264