UFC 326. Oliveyra Holloueyni mag'lub etib, BMF kamarini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 271

AQShning Las Vegas shahridagi “T-Mobile” arenada bo'lib o'tgan UFC 326 turniri yakunlandi.
Kechaning markaziy jangida Maks Hollouey va Charlz Oliveyra o'zaro toqnash keldi. Besh raund davom etgan qizg'in bahsda Oliveyra hakamlarning yakdil qarori bilan (50:45, 50:45, 50:45) g'alaba qozondi.
Shu tariqa, Oliveyra BMF titulini qo'lga kiritdi. Endilikda braziliyalik jangchi hisobida 37 ta g'alaba va 11 ta mag'lubiyat bor. Hollouey hisobida esa 27 ta g'alaba va 9 ta mag'lubiyat mavjud. Ikki jangchi ilk bor 2015 yilda o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda Hollouey texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
657