Eng yaxshilardan biri bo'lgan Abduqodir Husanovning “Nyukasl”ga qarshi o'yini qanday baholandi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6017

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Kubogi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan “Nyukasl” — “Manchester Siti” uchrashuvida (1:3) asosiy tarkibda maydonga tushib, to'liq 90 daqiqa harakat qildi.
Uchrashuv davomida Husanov 74 marta to'p bilan muomala qildi. Himoyachi jami 62 ta uzatma amalga oshirgan bo'lib, ularning 57 tasi aniq manzilga etib bordi — 92 foiz aniqlik. Sofascore portali o'zbekistonlik futbolchining harakatlarini 7,8 ball bilan baholadi.
Abduqodir Husanovning himoyadagi harakatlari:
Himoyaviy harakatlar: 7 marta
Faol kurash orqali to'pni olib qo'yish: 1 marta (muvaffaqiyatli)
Tozalashlar: 4 marta
Blok qo'yish: 1 marta
Hujumni bartaraf etish: 4 marta
Erda kurashlar: 5 marta (barchasi muvaffaqiyatli)
Havodagi kurashlar: 3 marta (2 tasi muvaffaqiyatli)
“Manchester Siti” safida dubl qayd etgan Omar Marmush o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi — 8,8 ball. Shuningdek, yarim himoyachi Niko Gonsalesning harakatlari — 7,7 ball, uchrashuvda hisobni ochgan Savino esa 7,5 ball bilan bilan baholangan.

Ma'lumot uchun, “Manchester Siti” Angliya Kubogi 1/8 final bosqichida “Nyukasl”ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi gollar Harvi Barns (“Nyukasl”), Savino hamda Omar Marmush (dubl) hisobiga yozildi.

Bosh sahifaga
328