"MYu" yulduzi jamoada o'zini ko'rsatishga bel bog'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1062

«Manchester Yunayted»ning hujumkor yarim himoyachisi Meyson Maunt, tarqalgan mish-mishlarga qaramay, klubini o'zgartirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Football Insider nashri ma'lumot bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Maunt shu yozda «Manchester Yunayted»dan ketishga harakat qilmoqchi emas, chunki u joriy mavsumda o'zini ancha ishonchli his qilmoqda. Mauntning jarohatlar bilan bog'liq muammolari barchaga ma'lum, biroq ushbu mavsumda u o'tgan yillardagiga qaraganda ancha kam o'yinni o'tkazib yubordi.
Joriy mavsumda 27 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 19 ta o'yinda ishtirok etdi, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Mauntning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari xavbekning bozor qiymatini 32 million evroga baholashmoqda.

Bosh sahifaga
239