«PSJ» Liga 1 joriy mavsumida so'nggi yillardagi eng ko'p mag'lubiyatini qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

«PSJ» Frantsiya chempionatida joriy mavsumdagi to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Luis Enrike shogirdlari 24-tur doirasida o'z maydonlarida «Monako»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Shu tariqa, monegasklar Liga 1 doirasida amaldagi chempionlarga qarshi kechgan har ikkala o'yinda ham g'alaba qozonishdi.
«PSJ» 2022/23 yilgi mavsumdan beri ilk bor chempionatda 4 ta o'yinda mag'lub bo'ldi — o'shanda parijliklar mavsum davomida jami etti bor imkoniyatni boy berishgan edi. Taqqoslash uchun, 2023/24 va 2024/25 yilgi mavsumlarda Parij klubi bor-yo'g'i ikkitadan mag'lubiyat qayd etgan xolos.
Keyingi turda poytaxt jamoasi o'z uyida «Nant»ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238