APLning uchta top-klubi «Benfika»ning 17 yoshli himoyachisi uchun kurash boshlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1854

Lissabonning «Benfika» klubi laterali Daniel Banjaki Angliya Premer-ligasining top-klublari o'rtasida katta qiziqish uyg'otmoqda. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 17 yoshli qanot himoyachisini qo'lga kiritishga Londonning «Arsenal», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Banjakining Portugaliya grandi bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Futbolchining bozor qiymati hozirda bir million evroga baholanmoqda.
Lissabon jamoasi tarkibida bu istiqbolli futbolchi uchta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq hozircha samarali harakatlar bilan ajralib turgani yo'q.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240