Arbeloa va Gyuler o'rtasidagi keskinlik: «Unga mendan ko'p ishongan murabbiy yo'q»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 362

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Arda Gyuler ishtirokidagi voqeaga munosabat bildirdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida 21 yoshli futbolchi Orelen Tchuameniga golli uzatma etkazib berdi, 65-daqiqada esa zaxiraga olindi. Turkiyalik o'yinchiga murabbiyning bu qarori unchalik xush kelmadi.
«Real»dagi birorta murabbiy Gyulerga mendan ko'proq o'yin amaliyoti bermagan. Hech qaysi murabbiy unga menchalik ishonch bildirmagan. Arda biz uchun juda muhim futbolchi va men unga ishonishda davom etaman», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
Uchrashuv «Real»ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. 95-daqiqada «qaymoqranglilar» yarim himoyachisi Federiko Valverde g'alaba golini kiritdi.

Bosh sahifaga
242