Gvardiola «Siti»ning keyingi mavsumdagi rejalari haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola keyingi mavsum haqida mulohaza yuritdi. Ispaniyalik mutaxassis kelasi mavsum jamoa uchun joriy mavsumdan ko'ra yaxshiroq bo'lishiga ishonch bildirdi.
«Keyingi mavsum biz uchun yaxshiroq bo'lishiga ishonaman. Bunga mutlaqo aminman.
Jamoa o'zgarishlar jarayonini boshdan kechirmoqda, imkon qadar tezroq moslashish va o'rganish kerak. Ammo keyingi mavsum yaxshiroq bo'lishiga shubham yo'q», — deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda insayder Fabritsio Romano.
Ayni damda «Manchester Siti» APL turnir jadvalida 60 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam «Arsenal» hisobida 67 ochko mavjud, biroq London klubi bitta ko'p o'yin o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246