«Manchester Siti» «Nottingem Forest» yulduzi transferini hal qilishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

«Manchester Siti» klubi «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Andersonning transferi ustida ish olib bormoqda.
Topskills Sports UK nashrining xabar berishicha, «shaharliklar» 23 yoshli futbolchining kelajakdagi transfer shartlari bo'yicha «o'rmonchilar» bilan dastlabki kelishuvga erishishga yaqin turishibdi. Kelishuv summasi 60 million funt sterlingni (69 million evrodan ortiq) tashkil etadi, bonuslar bilan birga esa bu ko'rsatkich 70 million funtga (80 million evrodan ortiq) etishi mumkin. Katta ehtimol bilan, yarim himoyachining o'zi ham tez orada Manchester grandiga rozilik javobini beradi.
Elliot Andersonga Premer-liganing boshqa top-klublari ham qiziqish bildirgan edi. Futbolchi o'tgan yilning sentyabr oyidagi debyutidan beri Angliya terma jamoasi safida oltita o'yin o'tkazishga ulgurdi.

Bosh sahifaga
240