«Inter»da katta tozalov: Bir yo'la to'rt nafar yulduz jamoani tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 340

Milanning «Inter» klubini yozgi transfer oynasida bir yo'la bir nechta futbolchi tark etishi mumkin. Bu haqda Tribal Football jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, «neradzurrilar» darvozabon Yann Zommer, shuningdek, uch nafar himoyachi: Stefan de Vrey, Matteo Darmian va Franchesko Acherbi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda «Inter» Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va o'tish o'yinlarida Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasiga imkoniyatni boy berib (1:3, 1:2), musobaqani tark etdi.
Italiya A Seriyasida esa milanliklar 67 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turishibdi va eng yaqin ta'qibchisini o'n ochkoga ortda qoldirmoqdalar.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252