Buffon Italiya terma jamoasini tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

Hozirda Italiya terma jamoasida faoliyat yuritayotgan afsonaviy darvozabon Djanluidji Buffon bayonot berdi. Agar milliy jamoa 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqa olmasa, sobiq posbon jamoani tark etadi. Bu haqda Football-Italia xabar bermoqda.
Italiya terma jamoasi agar o'tish o'yinlaridan muvaffaqiyatli o'ta olmasa, ketma-ket uchinchi mundialni o'tkazib yuborishi mumkin. Yarim finalda «skuadra adzurra»ga Shimoliy Irlandiya raqiblik qiladi. Agar italiyaliklar ushbu raqibni mag'lub etsa, saralashning finalida Uels yoki Bosniya va Gertsegovina bilan to'qnashadi.
Qo'shimcha qilish joizki, ayni damda Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini Djennaro Gattuzo egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252