Gabriel: "Hyurtselerning nima deyishiga ahamiyat bermaymiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 366

"Arsenal" markaziy himoyachisi Gabriel dos Santos "Brayton" murabbiyi Fabian Hyurtselerning so'nggi fikrlari haqida gapirdi.
Chorshanba kuni "to'pchilar" Premer-liga o'yinida "Brayton"ni 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Uchrashuvdan so'ng, mezbon jamoa murabbiyi London gigantining o'yin uslubidan ochiqchasiga noroziligini bildirdi.
"Hyurtselerning nima deyishiga ahamiyat bermaymiz. Qanday o'ynash va qanday o'ynamaslikni, to'pni o'yinga kiritish uchun qancha vaqt kerakligini faqat hakam hal qiladi.
Biz shunchaki qilayotgan ishimizda davom etishimiz kerak. Biz har bir o'yinda mukammal bo'la olmaymiz, shuning uchun ishonchli himoyalanish juda muhim. Eng muhimi - uch ochko", dedi Gabriel.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232