Kompani: "Jekson juda yaxshi o'ynadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

"Bavariya" bosh murabbiyi Vinsent Kompani hujumchi Nikolas Jekson haqidagi savolga javob berdi.
24 yoshli futbolchi juma kuni Bundesliganing "Borussiya Myonxengladbax"ga qarshi o'yinida (4:1) gol urdi. Bu hujumchining noyabr oyidan beri Myunxen klubi uchun urgan birinchi goli bo'ldi.
"U juda yaxshi o'ynadi. Men odamlar har doim "Bavariya" yaxshi o'ynayotgan bo'lsa ham, aybdorlarni qidirishlarini payqadim. Odatda, aybdor bir yoki ikki o'yinchi bo'ladi. Niko hech qanday yomon ish qilmadi: u yaxshi mashq qildi va Afrika Millatlar Kubogida g'olib chiqdi.
Umid qilamanki, u shunday davom eta oladi", dedi Kompani.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234