Bundesliga. «Bavariya» «Borussiya» Mni ayab o'tirmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 253

Germaniya chempionatining 25-turi doirasida «Bavariya» Myonxengladbaxning «Borussiya» jamoasini 4:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv Myunxendagi «Alyants Arena» stadionida bo'lib o'tdi.
Birinchi bo'lim yakunida myunxenliklar ikkita gol urishga muvaffaq bo'lishdi — Konrad Laymer va Luis Dias o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishdi. O'yinning 55-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Rokko Raynts qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shundan so'ng Jamal Musiala penaltini aniq amalga oshirib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. 79-daqiqada esa hujumchi Nikolas Jekson «Borussiya» darvozasiga to'rtinchi golni urdi. O'yin tugashi arafasida mehmonlar bitta javob to'pini kiritishdi — Vael Moxya tasalli beruvchi gol muallifiga aylandi.
Ushbu g'alabadan so'ng «Bavariya» 66 ochko jamg'argan holda Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Borussiya» esa 25 ochko bilan 12-o'rinda bormoqda.
Germaniya Bundesligasi. 25-tur07.03.2026 | 00:30
«Alyants Arena», Myunxen
Gollar: Luis Dias 33’ (1:0), Konrad Laymer 45+1’ (2:0), Jamal Musiala 57’-penalti (3:0), Nikolas Jekson 79’ (4:0), Moxya 89’ (4:1).
«Bavariya»: Manuel Noyer (Yonas Urbig, 46), Dayo Upamekano (Rafael Gerreyru, 61), Kim Min Je, Tom Bishof, Konrad Laymer (Kardozu, 60), Yozua Kimmix (Santush Dayber, 81), Leon Goretska, Jamal Musiala, Luis Dias (Yosip Stanishich, 61), Karl, Nikolas Jekson.
«Borussiya» M: Morits Nikolas, Niko Elvedi, Kevin Diks, Luka Zander, Kevin Shteger, Rokko Rayts, Yens Kastrop (Lukas Ulrix, 67), Jo Skalli, Frank Onora (Fabio Kyarodia, 61), Bolin (Moxya, 84), Xaris Tabakovich (Matino, 61).
Ogohlantirish: Nikolas Jekson (66).
Chetlatish: Rokko Rayts (55).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
243