A Seriya. «Napoli» «Torino»dan ustun keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 286

Italiya chempionatining 28-turi doirasida «Napoli» o'z maydonida «Torino» jamoasini qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv Neapoldagi Diego Maradona nomidagi stadionda bo'lib o'tdi.
Mezbonlar safida gollarga Alisson Santos (7-daqiqada) va Elif Elmas (68-daqiqada) mualliflik qilishdi. Mehmonlarning yagona javob to'pini bahs yakunida, 87-daqiqada Chezare Kazadei kiritdi.
Ushbu g'alabadan so'ng «Napoli» A Seriya turnir jadvalida 3-o'rinni egallab, yuqori pog'onalar uchun kurashni davom ettirmoqda.
Italiya A Seriyasi. 28-tur
07.03.2026 | 00:45
«Diego Armando Maradona», Neapol
«NAPOLI» — «TORINO» — 2:1
Gollar: Santos 7’ (1:0), Elif Elmas 68’ (2:0), Chezare Kazadei 87’ (2:1).
«Napoli»: Vanya Milinkovich-Savich, Alessandro Buondjorno, Juan Jezus, Matias Olivera, Billi Gilmor, Elif Elmas, Leonardo Spinatstsola (Guterres, 69), Matteo Politano (Matstsokki, 84), Vergara (Zambo Angissa, 46), Santos (Kevin De Breyne, 79), Rasmus Xeylunn (Romelu Lukaku, 84).
«Torino»: Alberto Paleari, Adrian Ismayli, Entso Eboss, Saul Koko, Matteo Prati (Andjorin, 78), Nikola Vlashich, Gvidas Gineytis (Chezare Kazadei, 67), Obrador (Pedersen, 57), Valentino Lazaro, Jovanni Simeone (Kulenovich, 67), Duvan Sapata (Adams, 57).
Ogohlantirishlar: Gineytis (63), Ismayli (64), Lazaro (73).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
233