Gordon Chempionlar ligasida bu ko'rsatkich bo'yicha Xoland va Keyndan yuqorida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 379

Angliyaning «Nyukasl» klubi hujumchisi Entoni Gordon Chempionlar ligasida kutilayotgan gollar (xG) miqdori eng yuqori bo'lgan futbolchilar reytingida peshqadamlik qilmoqda. Hisob-kitoblar «Sofascore» statistik portali tomonidan amalga oshirildi.
Gordonning ko'rsatkichi 8,39 xG ni tashkil etdi. Shu bilan birga, uning amalda urgan gollari soni 10 taga teng. Keyingi o'rinda «Real Madrid» a'zosi Kilian Mbappe bormoqda — uning ko'rsatkichi 8,22 xG va 13 ta gol. Kuchli uchlikni Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi vakili Viktor Osimxen yakunlab berdi — 7,21 xG (7 ta gol).
Shuningdek, kuchli beshlikdan Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn — 6,60 xG (8 ta gol) hamda Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi sharafini himoya qilayotgan Erling Xolann — 5,69 xG (7 ta gol) joy oldi.

Bosh sahifaga
249