Manuel Noyer «Borussiya M» bilan o'yinda jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 636

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesliga doirasida «Borussiya Myonxengladbax»ga qarshi kechgan o'yinning tanaffusida darvozabon Manuel Noyerni almashtirishga majbur bo'ldi.
39 yoshli sardor birinchi bo'limda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, biroq ikkinchi bo'limda maydonga tushmadi — uning o'rnini Yonas Urbig egalladi. Shunga qaramay, «Sky Sport» bergan ma'lumotlarga ko'ra, faxriy posbonning jarohati unchalik jiddiy emas — almashtirish shunchaki ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilgan.
Tanaffusga qadar «Bavariya» Luis Dias va Konrad Laymerning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Ikkinchi bo'lim boshida esa Jamal Musiala penaltini aniq amalga oshirib, myunxenliklarning ustunligini yirik hisobga etkazdi.
Seshanba kuni, 10 martda Vensan Kompani shogirdlari Chempionlar ligasi doirasida «Atalanta»ga qarshi maydonga tushadi.

Bosh sahifaga
290