«Tottenxem»ning 3 nafar yulduzi yozda jamoadan ketishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1641

«Tottenxem» og'ir kunlarni boshdan kechirmoqda. London jamoasi ayni damda xavfli hududdan atigi bir ochko oldinda bormoqda, xolos.
«The Touchline» nashrining xabar berishicha, boshqa klublar «shporlar»ning Premer-ligadan tushib ketishi ehtimolini hisobga olib, jamoa etakchilarini aldaqachon kuzata boshlashgan.
Shu bilan birga, jamoa Premer-ligadagi o'rnini saqlab qolishi yoki qolmasligidan qat'i nazar, uchta yulduz futbolchi shu yozda «Tottenxem»ni tark etishi qayd etilmoqda. Ushbu o'yinchilar — himoyachilar Kristian Romero va Mikki van de Ven, shuningdek, hujumchi Risharlisondir.
24 yoshli Van de Ven 65 million evroga, 27 yoshli Romero 60 million evroga, 28 yoshli Risharlison esa 28 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
268