APLda bo' ko'rsatkich bo'yicha Kaysedoga tenglashadigan futbolchi topilmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Moyzes Kaysedo Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida to'pni to'sib qolish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turibdi.
«Squawka» bergan ma'lumotlarga ko'ra, ekvadorlik futbolchi hisobida 51 ta to'sib qolish mavjud. Shu tariqa, Kaysedo joriy mavsumda Premer-liga doirasida 50 va undan ko'p marta raqib uzatmasini to'sib qolgan yagona futbolchi bo'ldi.
Shuningdek, «Chelsi»ga o'tgan vaqtidan beri Kaysedo jami 137 marta to'pni to'sib qolgan bo'lib, bu ko'rsatkich bo'yicha u APLning istalgan boshqa yarim himoyachisini ortda qoldirmoqda.
Ushbu reytingda ikkinchi o'rinni «Everton» a'zosi Jeyms Garner (46 ta to'sib qolish), uchinchi o'rinni esa «Bornmut» himoyachisi Markos Senesi (44 ta) egallab turibdi.

Bosh sahifaga
276