Luis Enrike «Monako» bilan o'yin oldidan: «Mavsumning eng hayajonli qismi boshlanishiga oz qoldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Frantsiya chempionatining 25-turi doirasida «Monako»ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Uchrashuv 6 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da (7 martga o'tar kechasi) boshlanishi belgilangan.
«Mavsumning eng yaxshi pallasi boshlanish arafasida. Biz shu vaqtgacha nimalarni amalga oshirganimiz va yana nimalarni yaxshilashimiz kerakligi haqida ko'p gaplashdik. Futbolchilar o'yindan zavq olishlarini istardim. Bizni oldinda bir qator yirik uchrashuvlar kutmoqda. O'z maydonimizda «Monako»ga qarshi kechadigan bahs juda muhim va bizga uch ochko zarur», — deya murabbiyning so'zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.
«Bu Chempionlar ligasi darajasidagi o'yin bo'lishini bilamiz. O'z mentalitetimizni saqlab qolgan holda, mashg'ulotlarda ishlab chiqqan rejalarimizni amalda qo'llashni xohlaymiz. Raqiblarimiz qanday uslubda o'ynashidan qat'i nazar, biz bor e'tiborimizni o'zimiz uddalay oladigan ishlarga qaratamiz», — deya qo'shimcha qildi Luis Enrike.
Hozirda "PSJ" 57 ochko bilan chempionatda peshqadamlik qilmoqda. «Monako» esa ulardan 20 ochko kam jamg'argan holda, turnir jadvalining ettinchi pog'onasida bormoqda.

Bosh sahifaga
266