"Barsa" "MYu"ning transfer rejasini barbod qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54

«Barselona» klubi Dortmundning «Borussiya» jamoasi o'ng qanot himoyachisi Yulian Ryuersonning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, futbolchi bilan shartnoma imzolashni «Nyukasl» va «Manchester Yunayted» klublari ham xohlamoqda. «Borussiya» Ryuersonning transferi bo'yicha muzokaralarga kirishishga tayyor. Nemis klubi himoyachining o'tishi uchun kamida 30 million evro olmoqchi.
Joriy mavsumda Yulian Ryuerson Dortmundning «Borussiya» jamoasi safida 32 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda himoyachi o'z hisobiga 14 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237