«Manchester Yunayted» keyingi mavsum uchun abonement narxlari oshishini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

«Manchester Yunayted» keyingi mavsumda mavsumiy abonementlar narxi taxminan 5 foizga oshishini ma'lum qildi.
O'rtacha hisoblaganda, narxlarning ko'tarilishi kattalar uchun bir o'yinga 2 funtdan sal ko'proqni, 16 yoshgacha bo'lgan muxlislar uchun esa taxminan 1 funtni tashkil etadi.
Umumiy kirish tribunalari uchun kattalar abonementining minimal qiymati 646 funt etib belgilandi. Bu APLning 19 ta uy uchrashuvi doirasida bir o'yin uchun taxminan 34 funtga to'g'ri keladi.
Klub rahbariyati narxlar oshishini inflyatsiya va o'sib borayotgan xarajatlar fonida moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish, shuningdek, «Yunayted»ni Angliya va Evropa futboli cho'qqisiga qaytarish» uchun jamoa hamda infratuzilmaga investitsiya kiritishda davom etish zaruriyati bilan izohladi.

Bosh sahifaga
265