Antuan Grizmann kelajagi bo'yicha yakuniy qarorni qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 634

Antuan Grizmann mavsum o'rtasida «Atletiko Madrid»ni tark etmaslikka qaror qildi, deb xabar bermoqda «L’Équipe».
Avvalroq, 34 yoshli hujumchi «Orlando Siti» bilan yaqin orada amalga oshirilishi kerak bo'lgan transferni muhokama qilgani va tomonlar deyarli barcha detallarni kelishib olgani ma'lum bo'lgan edi. Keyinchalik, «Atletiko» Ispaniya Kubogi finaliga yo'l olgach, Antuan MLS klubi bilan muzokaralarni to'xtatib qo'ygani xabar qilindi. Shimoliy Amerika ligasida transfer oynasi 26 mart kuni yopiladi.
«Orlando Siti»ning aniq takliflari va ochiq muzokaralariga qaramay, frantsuz futbolchisi har doim MLSda o'ynashni istagan bo'lsa-da, mavsum o'rtasida jamoadan ketishni xohlamadi.
Antuanning madridliklar bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi, biroq u o'z kelajagi borasida shu yozda yakuniy qarorga kelishi mumkin. «Orlando Siti» hamon futbolchi bilan shartnoma imzolash bo'yicha birinchi darajali huquqni saqlab turibdi, ammo boshqa klublar, jumladan, «Inter Mayami» va «Monreal» ham uni short-listiga kiritgan.
Shuningdek, Frantsiya terma jamoasining sobiq a'zosini sotib olishga anchadan beri qiziqish bildirayotgan «Los-Anjeles» klubi bilan ham muloqotlar to'xtagani yo'q.

Bosh sahifaga
235