Rosenor: "Sovrin yutish uchun kelganman, lekin..."
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 603

«Chelsi» ustozi Liam Rosenor imkon qadar tezroq sovrin qo'lga kiritish u uchun naqadar muhimligi haqidagi savolga javob berdi.
«Aynan shu maqsadda men shu erdaman. Bu o'yinchi, murabbiy yoki menejer sifatida har bir inson orzu qiladigan narsa. Angliya Kubogi — o'zining an'analari va tarixiga ega ajoyib turnir. Biroq, hozir biz diqqatimizni sovrinlar yoki finallarga emas, balki «Reksxem»ga qarshi o'yinga qaratishimiz kerak. Agar faqat kubok haqida o'ylayversangiz, katta ehtimol bilan hech narsa yuta olmaysiz. Eng muhimi — navbatdagi o'yin, bu haqiqat», — dedi Rosenor matbuot anjumanida.
Angliya Kubogi 1/8 finali doirasidagi «Reksxem» — «Chelsi» uchrashuvi 7 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.

Bosh sahifaga
229